Butunjahon hayvonlar salomatligini muhofaza qilish tashkiloti
Butunjahon hayvonlar salomatligini muhofaza qilish tashkiloti[1] (fransuzcha: OIE Organisation Mondiale de la Santé Animale, inglizcha: World Organisation for Animal Health; 2003-yilgacha Xalqaro epizootik byuro, fransuzcha: Office International des Epizooties) — hayvonlar salomatligini muhofaza qiluvchi hukumatlararo tashkilotdir. Jahon savdo tashkiloti (JST) tomonidan maslahatchi tashkilot sifatida tan olingan. Tashkilotning bosh qarorgohi Fransiyaning Parij shahrida joylashgan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashkilot 1924-yil 25-yanvarda Parijda boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiyada 1920-yilda Belgiyada yirik qoramol oʻlati tarqalishidan keyin tashkil etilgan. Tashkilotni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani 28 davlat imzolagan.
2003-yil may oyida Hayvonlar salomatligi boʻyicha xalqaro idora Butunjahon hayvonlar salomatligini muhofaza qilish tashkiloti (XEB) deb oʻzgartirildi[1][3].
Aʼzolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]XEB ga 178 ta davlat aʼzodir. Rossiya (SSSR) 1927-yildan beri aʼzo hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda quyidagi davlatlar XEB aʼzosi hisoblanmaydi: Sent-Kitts va Nevis, Antigua va Barbuda, Sent-Lyusiya, Sent-Vinsent va Grenadin orollari, Grenada, Dominikano Respublikasi, Liberiya, Janubiy Sudan, Monako, Vatikan, Palau, Marshall orollari, Kuk orollari, Solomon orollari, Nauru, Niue, Tuvalu, Kiribati, Samoa, Tonga, tan olinmagan va qisman tan olingan davlatlar.
XEB 45 ta xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan doimiy aloqada boʻlib, barcha qitʼalarda mintaqaviy vakolatxonalariga ega[4].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashkilot veterinariya nazorati sohasida xalqaro standartlarni ishlab chiqadi, dunyodagi epizootik vaziyat toʻgʻrisida maʼlumot toʻplaydi va uni ishtirokchi davlatlarga uzatadi, hayvonlarning yuqumli kasalliklariga qarshi kurashda, shu jumladan xalqaro karantin tadbirlarini muvofiqlashtiradi va yordam beradi. Hayvonlarning karantin kasalliklari roʻyxatini yuritadi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 OIE. „Member Countries“ (deadlink). OIE. 2012-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2012-06-24 sanasida arxivlangan)
- ↑ OIE. „About us“ (deadlink). OIE. 2013-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 Карантин / Жаров С. Н., Смирнов А. М. // Канцелярия конфискации — Киргизы. — М. : Большая российская энциклопедия, 2009. — (Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю. С. Осипов ; 2004—2017, т. 13). — ISBN 978-5-85270-344-6.
- ↑ Лыжин, Д. Н. Международный опыт и перспективы системы ветеринарного контроля в России // Российский Институт Стратегических Исследований. — 2011. — 10 августа.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OIE — Официальный сайт организации